Navoiyda yangi dam olish maskani ish boshlaydi.

Navoiyda yangi dam olish maskani ish boshlaydi.

To‘dako‘l suv havzasi hududida joylashgan yozgi, qulay dam olish maskanida “Silk Road Resort & Spa” MChJ tomonidan yangi ekoturizm hududi tashkil etilib, plyaj zonasi yaratilmoqda.

Yuqori jahon andozalariga javob bera oladigan dam olish maskani loyihasining umumiy qiymati 6 mln dollarni tashkil etib, uning faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida viloyatda yana 150 ta yangi ish o‘rni yaratilishi nazarda tutilgan.

"Shuningdek, ushbu sayyohlik ob'ekti plyaj, basseyn, akvapark, mini Disneylend, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, dam olish ayvonlari, restoran, yozgi terassa, SPA salon, tabiat qo‘ynidagi o‘yingoh, tibbiyot burchagi, sog‘lomlashtirish maskani, sport o‘yingohi, avto turargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qo‘shimcha xizmatlarni o‘z ichiga olib, bunda tashrif buyuruvchilar uchun ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan bir-biridan qiziqarli konsert va shou dasturlari maroqli dam olishga xizmat qiladi." - deb loyixa tashabbuskori ta'kidlab o‘tdi.

Ayni vaqtda mamlakatimizda kechayotgan epidemiologik vaziyatda mazkur loyiha maydoni uzra karantin va gigiena qoidalariga rioya etgan holda, tashkillashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. 78 nafar ishchi xodim qurilish ishlarida faoliyat olib bormoqda.

Ma'lumot uchun aytib o‘tishimiz lozimki Navoiy viloyati To‘dako‘l suv xavzasi hududida joylashgan To‘dako‘l dam olish maskani 2020 yilning 1 iyul sanasidan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi.

Virtual qabulxona