Navoiylik hunarmandlar Surxondaryoda milliy kashtado‘zlik san'atini rivojlantirish bo‘yicha seminar trening o‘tkazmoqda

Navoiylik hunarmandlar Surxondaryoda milliy kashtado‘zlik san'atini rivojlantirish bo‘yicha seminar trening o‘tkazmoqda

Nurota tajribasini Surxondaryo viloyatida ommalashtirish, nurotalik kashtado‘zlar amaliy tajribasini o‘rgatish va Surxondaryo kashtado‘zlik san'atini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, kambag‘allikni qisqartirish, kashta tikish va uni tayyor mahsulot sifatida aholiga keltirish, marketing, savdosini tashkil etish bo‘yicha tashkil etilgan biznes-treningga Navoiy viloyati Nurota tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi hunarmand Gulmira Islomova taklif etilgan.

Biznes treningdan maqsad Surxondaryo hunarmandchiligi va amaliy san'ati an'analarini rivojlantirish, saqlash va qayta tiklash, kashtado‘zlik san'atini yanada ommalashtirish, xorijiy sayyohlar orasida kashtado‘zlik mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirish va sifatini yaxshilash, kashta bilan bezatilgan suvenirbop mahsulotlar sonini ko‘paytirish rejalashtirlmoqda.

Biznes trening 10 kun davom etadi.

Virtual qabulxona