Yuqtirganlar80176
Sog'ayganlar78884
Vafon etganlar622

M-37 avtomagistral yo‘lida istiqboldagi investision loyihalar

M-37 avtomagistral yo‘lida istiqboldagi investision loyihalar

9-mart va 10-mart kunlari xatlov davomida M-37 avtomagistral hududida mavjud bo'sh yer maydonlari, istiqbolli 2 ta mehmonxona, 2 ta avtoturargoh hamda 2 ta dam olish maskanlari ko'rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 28 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishi bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridoridagi ya'ni M-37 avtomagistral yo‘lidagi bo‘sh yer maydonlari hamda bo‘sh turgan davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar hamda infratuzilma obyektlari xatlovdan o‘tkazilib, istiqboldagi investision loyihalar ro‘yxati shakllantirildi. Mazkur loyihalar tuman hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda turizm avtomagistrali doirasida amalga oshiriladigan har bir investisiya loyihalari bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish belgilab olindi.

Jumladan, Sattoyev Ne'matilloning "Samo" kompleksi xatlov davomida ko'rildi. Kompleksda joriy yilning oxiragacha milliy uslubda mehmonxona, hamda bahor fasli oxirigacha hududda avtoturargoh qurilishini rejalashtirilgan.

21-mart Navro'z bayramigacha kompleksda baliqxona, oshxona, va tandir nonining tayyorlash jarayoni ko'rgazmalarini ishga tushiramiz" - deb Sattoyev Ne'matillo takidlab o'tdi.

Virtual qabulxona