Turizm sohasida koronavirus haqida profilaktika o'quv-seminari

Turizm sohasida koronavirus haqida profilaktika o'quv-seminari

Navoiy viloyatida koronavirus (COVID-19) ning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bayonda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan Navoiy viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasining tashabbusi bilan seminar tashkil etildi.


Viloyatda turizm sohasida faoliyat olib boruvchi mehmonxona, turkompaniyalar raxbarlari hamda keng jamoatchilik o‘rtasida bo‘lib o‘tgan seminarda koronavirus hamda uni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek seminarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda viloyat sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining mas'ul hodimlari xam ishtirok etdi.


Virusning oldini olishda mehmonxona, turkompaniyalar raxbarlarining o‘rni, mazkur jarayonda ularning faolligini oshirish zarurligi bo‘yicha ma'ruzalar o‘qildi. Jumladan mehmonxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilish hodimlarning bu boradagi mas'uliyatini oshirish, mehmonxonalarda niqoblarni joriy etish jarayoni, mehmonxona xonalarini dizenfeksiya vositalari orqali tozalash, turkompaniyalarga sayohatlarni tashkil etish jarayonida epidemiya tarqalgan davlatlarga vaqtincha sayohatlarni to‘xtatib turish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Seminar savol javoblar va baxs munozaralar tarzida davom etdi. Koronavirusning oldini olish bo‘yicha tarqatma materiallar seminar ishtirokchilariga tarqatildi.

Seminar yakunida tadbirkorlik sub'ektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Virtual qabulxona