Navoiy viloyatida Oilaviy mehmon uylarining soni yana bittaga ortdi.

Navoiy viloyatida Oilaviy mehmon uylarining soni yana bittaga ortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-sonli qaroriga muvofiq joylarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda, hususan Navoiy viloyatida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari davomida oilaviy mehmon uylari soni oshib bormoqda.

 

Joriy yilning 12 fevral sanasida Navoiy shahrida tadbirkor Botirov Otabek tomonidan tashkil etilgan barcha qulayliklarga ega zamonaviy oilaviy mehmon uyi o‘z ish faoliyatini boshladi.

 

Jami 8 ta xonadan iborat “Humo” oilaviy mehmon uyida barcha qulayliklar mujassamlashtirilgan. Mehmonlar uchun bepul Wi-Fi, avtoturargoh, nonushta va qo‘shimcha xizmatlar joriy qilingan.

 

Tadbirkorimizga omad tilab qolamiz!

Virtual qabulxona